s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 781

Qayta tayyorlov davrida xodimning ish joyi saqlanadimi?

– Mehnat kodeksining 370-moddasiga koʻra, xodimlarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga boʻlgan zaruratni ish beruvchi belgilaydi. Bundan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurati mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan hollar mustasno.

Xodimlarni qayta tayyorlashga va oʻz malakasini oshirishga yuborish tartibi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.

Xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shart.

Agar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart. Xodimning oʻrtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra hal qilinadi.

Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari, zarur kasblar hamda mutaxassisliklarning roʻyxati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.

Masalan, ish beruvchi, deylik, vakant turgan shtatni toʻldirish uchun kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra belgilangan roʻyxat tuzadi. Ish beruvchi tomonidan xodim majburiy tartibda qayta tayyorlovdan oʻtish uchun yuborilsa,  qayta tayyorlov davrida xodimning oʻrtacha ish haqi va ish joyi saqlanadi.

Lekin xodimlar oʻzlari xohlab, kasbini oʻzgartirish maqsadida qayta tayyorlov kursiga borsalar, bu holda xodimning faqat ish joyi saqlanadi, ish haqi esa saqlanmaydi.

 

Gurlan tuman YXKM boshlig‘i                       E.Raxmatillayev

Мавзуга оид