s
Ўзбекистон Республикаси Марказий Банки
USD:10472.67 Rub:137.47 Eur:12335.76
2025-03-31 857

Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida

Ta’limning boshlang‘ich asosi bo‘lgan maktabgacha ta’lim inson kamolotida beqiyos ahamiyatga ega va  davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil            13-maydagi 391-son qaroriga asosan, maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlar faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan. Bunda, qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi va qisqa muddatli guruhlar bolalarning maktabgacha ta’limga to‘liq jalb etilishini va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha ta’lim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini ta’minlashdan iborat. Qarorga muvofiq,  qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: bolaning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash; bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash; bolaning yosh va o‘ziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini ta’minlash; bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va o‘qitishda oilaga har tomonlama yordam berish; bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini ta’minlashi belgilangan.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.

Tuproqqal’a tumani adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

 boshyuriskonsult M.Sadikova.

 

Мавзуга оид