s
Инсон ва фуқаронинг ҳуқуқлари, эркинликлари ва бурчлари / 01.06.07.00 Фуқароларнинг суд, бошқа давлат органлари ва ўзга ташкилотларга мурожаат қилиши]
Har kim о‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.
Har kimga о‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan kо‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanadi.
Халқаро муносабатлар. Халқаро ҳуқуқ / 19.05.00.00 Аҳоли / 19.05.09.00 Инсон ҳуқуқларини халқаро ҳимоя қилиш (қийнашни тақиқлаш. Дискриминация. Болалар ҳуқуқини ҳимоя қилиш. Аёллар ҳуқуқини ҳимоя қилиш)]
Har kim О‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bо‘lingan bо‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etishga haqli.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.12.00.00 Зарар етказилганлиги оқибатидаги мажбуриятлар / 03.12.01.00 Умумий қоидалар]
Har kim davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning о‘rni davlat tomonidan qoplanishi huquqiga ega.
Xonqa tuman adliya bo’limi boshlig’I F.Jabbarov