s
USD: Rub: Eur:
2024-12-12 679

2024 йил 1 сентабрдан солиқда нималар ўзгарди?

Yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar, ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari 3 yil davomida yuridik shaxslar 
▫️mol-mulk va yer soliqlarini belgilangan stavkaga nisbatan 50 %ga kamaytirilgan stavkada, 
▫️AOSni 1 % stavkada to‘laydi. (https://t.me/soliqnews/13999)

2027-yil 1-sentabrga qadar:

▫️“Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun belgilangan (https://t.me/soliqnews/14015) soliq imtiyozlari “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi; (https://lex.uz/docs/-7034713#:~:text=2024-yil%201-sentabrdan%20boshlab%202027,yakka%20tartibdagi%20tadbirkorlarga%20ham%20tatbiq%20etiladi%3B)

▫️“O‘zbekzargarsanoati” uyushmasiga a’zo bo‘lgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi.  

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi (https://t.me/soliqnews/13587).

▫️2-marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta  takrorlansa, tadbirkorlik  subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi.

▫️Soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.

Isteʼmol va texnik etil spirti xarid qilgan ishlab chiqaruvchilar tomonidan respublika tovar-xomashyo birjasining axborot tizimiga xarid qilish jarayonida joylashtirilgan isteʼmol va texnik etil spirtidan foydalanish maqsadlaridan boshqa maqsadda foydalanilganligi aniqlanganda, oxirgi 12 oyda birja savdolarida xarid qilingan isteʼmol va texnik etil spirti hajmiga hisoblanadigan aksiz soligʻi summasining 2,5 baravari miqdorida soliq organlari tomonidan moliyaviy jarima qoʻllaniladi. (https://t.me/soliqnews/13645)

Xiva tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti M.Bayjanov

Мавзуга оид