s
USD: Rub: Eur:
2025-09-29 633

2025/2026-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirildi.

- Unga ko‘ra, 1-kurslar kontrakt toʻlov miqdorining kamida 25 foizini 30-oktyabrgacha toʻlashi mumkin

Shuningdek, respublika oliy taʼlim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdorida belgilandi.

Gurlan tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat

ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti                                                     M.Qo‘zibayev

Мавзуга оид