s
USD: Rub: Eur:
2025-06-29 184

Qiynash uchun jinoiy javobgarlik mavjud

O’zbekiston respublikasi Jinoyat kodeksining 110 -moddasiga asosan.Muttasil ravishda do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash, agar ushbu Kodeksning 104 va 106 moddalar  1261-moddasining 4 va 8 bandlarida  nazarda tutilgan oqibatlarni keltirib chiqarmagan bo‘lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakatlar:

1) voyaga yetmagan shaxsga nisbatan;

2) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;

3) ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa,

uch yuz oltmish soatdan to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Hazorasp tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

Мавзуга оид